Jamiyat
Bank xizmatlaridan foydalanuvchilar va tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Endilikda davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqa va yordam pullari, jumladan ijtimoiy kartalarga kelib tushadigan pullarni kredit qarzdorligi uchun undirish, shuningdek, kreditni onlayn rasmiylashtirishda mijoz roziligini ifodalovchi maydonchalar yoki kredit parametrlarini oldindan belgilab qo‘yish taqiqlandi.
Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan, banklar kredit ajratish vaqtida iste’molchilarga uni olish bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risida cheklistni taqdim etishi hamda omonat yoki bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish jarayonlarida fuqarolarga omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi axborot bilan tanishtirishi lozimligi belgilandi.
Banklar moliyaviy qiyinchilik yoki murakkab hayotiy vaziyatga tushgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tizimi joriy qilingan bo‘lishi va bu haqda o‘zlarining veb-saytlarida e’lon qilishi kerak.
Bunda kreditlarni restrukturizatsiya qilish, masalan to‘lov muddatlarini uzaytirish, foizlarni qayta ko‘rib chiqish, jumladan homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi ayollarning kredit to‘lovi muddatlarini o‘n oygacha uzaytirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish nazarda tutilishi kerak.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110043
Jamiyat
94306
Jamiyat
90164
Jamiyat
73475
Jamiyat
//
Izoh yo‘q