Jamiyat
“Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-316-son, 23.10.2025-y.) qabul qilindi.
Quyidagilar kasbiy taʼlim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi:
- xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;
- 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy taʼlim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;
- xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish.
Maktabning 10-sinf oʻquvchilariga oʻqishini texnikumlarga koʻchirishga ruxsat beriladi.
2026-yildan boshlab 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi. Kun doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy taʼlimni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110043
Jamiyat
94306
Jamiyat
90164
Jamiyat
73475
Jamiyat
//
Izoh yo‘q