Ilm-fan
23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–190-son, 23.10.2025-y.) qabul qilindi. Ba haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida maʼlum qilindi.
Unga ko‘ra:
Farmondan asosiy maqsad – kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga oʻqitish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sanaladi.
Shuningdek, Farmon bilan, Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi. Agentlik:
Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi. Kengash tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109789
Jamiyat
94162
Jamiyat
89969
Jamiyat
73170
Jamiyat
//
Izoh yo‘q