92 yoshli Kamerun prezidenti sakkizinchi marta oʻz lavozimida qoldi

Saqlash
14:31 / 28.10.2025 47 0

Dunyoning eng keksa prezidenti, 92 yoshli Pol Biyya yangi yetti yillik muddatga Kamerun prezidenti sifatida saylandi. Bu uning hokimiyatda 100 yoshgacha qolishi imkonini beradi.

 

Saylovlarda Biyya 53,66% ovoz bilan sakkizinchi marta Kamerun rahbariga aylandi.

 

Maʼlumot uchun, Kamerun Markaziy Afrikadagi 28 mln aholiga ega mamlakat sanaladi. U Atlantika okeaniga chiqish imkoniyatiga ega boʻlib, neft, gaz, oʻrmon, qahva, kakao va boshqa foydali minerallariga ega.

 

Uning potensial kuchli raqibi, muxolifat yetakchisi Morisa Kamto iyul oyida boʻlib oʻtadigan saylovlardan chetlashtirilgan. Ushbu qaror Konstitutsion sud tomonidan tasdiqlangan. Biroq uni mamlakat aholisi raqibni yoʻq qilish uchun xiyla deb baholagan.

 

2018-yilgi saylovlardan soʻng Kamto oʻz gʻalabasini eʼlon qilib, ommaviy namoyishlar uyushtirgan edi.

 

Pol Biyya dunyoning eng keksa prezidenti boʻlib, u ushbu lavozimni 40 yildan koʻproq muddatdan buyon egallab kelmoqda. 2008-yilda u prezidentlik muddati boʻyicha cheklovni bekor qilgan. Bu esa uning hokimiyatda cheksiz muddat qolish imkonini yaratgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//