Madaniyat
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Britaniyaning eng qadimiy an’anaviy san’at maktabi — King jamg‘armasi (KFSTA) bilan hamkorlikda Toshkentda “Naqsh” hunarmandchilik maktabi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

“KFSTA ko‘p yillardan buyon dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarga me’morchilik, naqsh, xattotlik va amaliy san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan maskandir. Endilikda bu boy tajribadan O‘zbekistonda ham bahramand bo‘lish imkoni paydo bo‘lmoqda”, deydi Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, “Naqsh” maktabining birinchi o‘quv yili besh kursdan iborat bo‘lib, dastlabki mashg‘ulotlar Toshkentda, 2-bosqich Samarqandda — Ulug‘bek madrasasida o‘tkaziladi. U yerda talabalar XV asr yodgorliklari misolida islom san’atiga oid naqshlarni o‘rganadi.
Xabarda shuningdek, qadimiy hunarlar zamon bilan hamnafas bo‘layotgani, ustalar esa ularni avloddan avlodga yetkazish uchun ilhom olayotgani quvonarli holligi qayd etiladi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110043
Jamiyat
94306
Jamiyat
90164
Jamiyat
73477
Jamiyat
//
Izoh yo‘q