Jamiyat
2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevral sanasiga qadar Respublika boʻylab aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari oʻtkaziladi. Bu haqda 11-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid takliflar taqdimotida maʼlum qilingan edi.
2021-yilda aholini, 2022-yilda esa qishloq xoʻjaligini sinov tariqasida roʻyxatga olish tadbirlari oʻtkazilgan, biroq toʻlaqonli roʻyxatga olish uchun zarur omillar va xalqaro tajribalarni oʻrganish hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maʼlum vaqtni taqozo etishi bois, bu tadbir keyinga qoldirilgan. Taqdimotda xalqaro tajribadan kelib chiqib, Jahon banki, YUNFPA va FAO tashkilotlari ishtirokida ishlab chiqilgan aholi va qishloq xoʻjaligini bir vaqtda roʻyxatdan oʻtkazish taklifi koʻrib chiqilgan va Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlarini 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkazish belgilangan edi.
Roʻyxatga olish dastlabki 17 kun, yaʼni birinchi bosqichda (15-31-yanvar kunlari) census.stat.uz sayti orqali, keyingi bir oy (4-28-fevral kunlari) mobaynida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib, planshet orqali roʻyxatga olish savolnomalari toʻldiriladi.
Savolnomada jami 71 ta savol boʻlib, 54 tasi aholiga, 17 tasi qishloq xoʻjaligiga oid.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
111041
Jamiyat
94511
Jamiyat
90452
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q