Jahon
Turkiyaning Balikesir viloyatining Sindirgi tumanida mahalliy vaqt bilan soat 22:48 da 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, birinchi boʻlib Istanbul va Izmirda, Marmara va Egey aholi punktlarida sezilgan yer silkinishi deyarli 6 km chuqurlikda qayd etilgan.
“Sindirgida uch bino va bir doʻkon qulab tushdi. Qurbonlar haqida maʼlumotlar yoʻq, vayronalar ostida qolganlar yoʻq”, deya Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya CNN Türk telekanaliga maʼlumot bergan.
Zilzila oqibatida 22 kishi jarohatlangan, ulardan 18 nafariga tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Balikesir provinsiyasida zilziladan keyin yana 102 ta aftershok qayd etilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109922
Jamiyat
94280
Jamiyat
90128
Jamiyat
73360
Jamiyat
//
Izoh yo‘q