Jamiyat
Olimlar sun’iy intellekt modellarini ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni o‘qib borishga moslashtirib, X(Twitter) ma’lumotlari ustida tajribalar o‘tkazdi.
Buning uchun ular ma’lumotlarni 2 to‘plamga bo‘lgan: — sifati past, ammo mashhur va foydali, ammo mashhur emas. Biroq qolgan jihatlari, masalan, ma’lumotning tokenlari va o‘qilish hajmini birxillashtirgan.
Xulosaga ko‘ra, “axlat” ma’lumotlarni doimiy tarz o‘qib borgan 4 ta sun’iy intellekt modeli “aqldan ozib qolgan”.
Aralash ma’lumotlarda bu jarayon sekin kechgan. Ya’ni, keraksiz kontentlar ulushi ortgani sari modelning aqliy holati ham yomonlashib borgan.
Bu modellarning deyarli hammasi xato qila boshlagan. Mantiqan o‘ylamaydigan, tez-tez chalg‘iydigan bo‘lib qolgan.
Ajablanarlisi, olimlar endi bu modellarga yaxshi, foydali matnlarni o‘qitib, ularni tuzatmoqchi bo‘lishgan. Qisman “tuzalish” kuzatilgan, lekin modellar avvalgi “sog‘lom” holiga to‘liq qaytmagan.
Tadqiqotchilar bu holatga “miya chirishi” (“brain rot”) deb nom bergan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q