Madaniyat
Boysun tumanidagi “Boysun bahori” turizm majmuasida “Lazzatli Surxon” xalqaro festivali tashkil etiladi.
Xabarga ko‘ra, tadbir o‘tkazishdan maqsad Surxon vohasining boy gastronomik turizm salohiyatini namoyon etish, milliy pazandachilik an’analarini keng targ‘ib qilish hamda viloyatga sayyohlar oqimini yanada oshirishdir.
Festival dasturiga:
▪️ Termiz shahri va tumanlar pavilonlarida milliy taomlar namoyishi;
▪️ Hunarmandchilik mahsulotlari va suvenirlar ko‘rgazmasi;
▪️ “Uzum sayli”, “Olma sayli”, “Anor sayli” kabi an’anaviy bayram tadbirlari;
▪️ Milliy etnik o‘yinlar va musobaqalar;
▪️ OAV va blogerlar uchun maxsus infotur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, festival doirasidagi milliy taomlar ko‘rgazmalarida eng mahoratli oshpazlar va hududlar ishtirok etadi hamda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
▪️ “Eng yaxshi milliy taom”;
▪️ “Eng yaxshi oshpaz”;
▪️ “Eng faol hudud”.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111148
Jamiyat
94527
Jamiyat
90477
Jamiyat
74626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q