Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida mavsumiy o‘tkir respirator virusli kasalliklarga o‘xshash, lekin ich ketish va qayt qilish simptomlari bo‘lgan infeksiya tarqalayotgani bilan bog‘liq xabarlar uchramoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligining bergan rasmiy munosabatiga ko‘ra, hech qanday g‘ayriodatiy holat emas.
Ma’lum qilinishicha, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, kuzda harorat pasayishi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari birmuncha ortadi.
Shamollash mavsumining boshlanishi odatda avgust oyi oxiri va sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Joriy yilda esa bu muddat biroz kechroq — oktyabr oyining oxirgi 10 kunligida boshlangan.
“Ba’zida respirator belgilar yo‘talish, aksirish, burun achishishi, tana harorati ko‘tarilishi bilan kuzatilsa, ayrim bemorlarda oshqozon-ichak tizimining buzilishi tarzida namoyon bo‘ladi. Demak, bu xastaliklar har doim ham bir xil kechmaydi va mazkur holat virusning shtammlari bilan bog‘liq”, deyiladi munosabatda.
Muhim jihati, bir paytning o‘zida bakterial va virusli infeksiyalar avj olishi qayd etilmaydi. Ya’ni mikroorganizmlar olamida shunday bir jarayon borki, biri ikkinchisining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi.
“Mavsumiy respirator kasalliklar avj olishini koronavirus mutatsiyasi sifatida baholash ham mutlaqo o‘rinsiz. Qolaversa, bugunga kelib COVID-19 oddiy respirator infeksiyaga aylanib ulgurgan. Hozirgi paytda mamlakatimizda koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror”, deyiladi SSV munosabatida.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda tibbiyot muassasalarida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash uchun zarur o‘rin-joy va dori-darmon zaxiralari yaratilgan. Epidemik vaziyat muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Shu bilan birga, vazirlikda alohida shtab tuzilib, unga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari, soha olimlari, tizim mutasaddilari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan onalik va bolalikni muhofaza qilishga mas’ul mutaxassislar jalb qilingan.
“Umuman, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror. Shu bois hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi munosabatda.
Vazirlik ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy shifokor ko‘rigiga olib borishni tavsiya etgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109648
Jamiyat
94032
Jamiyat
89800
Jamiyat
72960
Jamiyat
//
Izoh yo‘q