Jamiyat
O‘zgidromet 28–31-oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, prognoz quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi +3– +8°, kunduzi 28- va 31-oktyabrda +17– +22°, 29–30-oktyabrda +20– +25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-31-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi
28-oktyabrda +8– +13°, 29–31-oktyabrda +6– +11°, kunduzi 28- va 31-oktyabrda +21– +26°, 29-30-oktyabrda +23– +28° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-31-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8– +13°, kunduzi 28-oktyabrda +180 +23°, 29-31-oktyabrda +21– +26° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-oktyabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 228-oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-oktyabrda +10– +15°, 29-31 oktyabrda +8– +13°, kunduzi 28 va 31-oktyabrda +21– +26°, 29-30-oktyabrda +23– +28° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-oktyabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-31-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-oktyabrda kechasi +8– +13°, kunduzi +21– +26°, 29-31-oktyabrda kechasi +6– +11°, kunduzi +18– +23° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 29-31-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5– +10° dan +3– +8° iliq gacha pasayadi, kunduzi 28-29-oktyabrda +12– +17°, 30-31-oktyabrda +15– +20° bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
109647
Jamiyat
94032
Jamiyat
89800
Jamiyat
72960
Jamiyat
//
Izoh yo‘q