Madaniyat
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Urgut tumani Dehqonobod mahallasidagi kattagina hovlisida kutubxona ochdi. Bu haqida jurnalist G‘olib Hasanov xabar berdi.
Jurnalist, shoir va yozuvchi Abdusaid Ko‘chimov o‘quv maskaniga avvalo o‘zining shaxsiy kutubxonasidagi 10 mingdan ortiq kitobni taqdim qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mazkur kutubxonani o‘z tarmog‘iga qo‘shgan. Bu esa yangi ilm maskanining bosh kutubxona fondidagi asarlar bilan boyitilishiga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, yana bir tashabbuskor – Navoiy kon-metallurgiya kombinati kutubxonani zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlab, Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti kutubxonasi bilan onlayn bog‘lagan.

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi ham yangi kutubxonaga o‘nga yaqin kompyuter jamlanmasini tuhfa qilgan.

Tadbir ishtirokchilarining ta’kidlanishicha, "Abdusaid Ko‘chimov kutubxonasi"ning tantanali ochilishida mehmon bo‘lgan ijodkorlarning aksariyati shu kabi kutubxona tashkil etishga ahd qilgan. Ezgu tashabbusni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ziyolilar ham olqishlamoqda.

Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
109647
Jamiyat
94032
Jamiyat
89800
Jamiyat
72960
Jamiyat
//
Izoh yo‘q