Jamiyat
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida 25-oktyabrga oʻtar kechasi 144 tup daraxt (mojjevelnik) moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlandi. Bu haqda Ekologiya qonunchiligini takomillashtirish masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, internetda 24-oktyabr kuni tunda daraxtlar kesilayotgani aks etgan videolar tarqalgan. Ushbu holat Ekologiya vazirligi inpeksiyasi tomonidan oʻrganilganida Toshkent shaxar Yakkasaroy tumani Nukus koʻchasi va Bobur koʻchasi kesishmasidan boshlab, Bobur koʻchasi boʻylab avtomobil yoʻli yonidagi jami 144 tup daraxt (Mojjevelnik) kesib ketilganligi aniqlangan.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, daraxtlar Toshkent shaxar hokimi oʻrinbosari B.Rahmonovning oʻsib turgan daraxtlar oʻrniga boshqa daraxtlar ekish toʻgʻrisidagi topshirigʻiga asosan obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tungi vaqtda kesib tashlangan. Bu esa Prezident Farmoniga (2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi) asosan joriy etilgan moratoriy talablariga zid hisoblanadi.
25-oktyabrdan daraxtlar kesilgan hududda manzarali daraxtlar ekish ishlari boshlab yuborilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar 620 mln 472 ming soʻmni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, ekofaol Feruzbek Sayfullayev qayd etishicha, bu daraxtkushlik 228 kishini kislorodsiz qoldirishi mumkin.
Holatga oʻz munosabatini bildirgan klimatolog Erkin Abdulahatov huquq tuzilmalari va keng jamoatchilikni ayni vaziyatga beeʼtibor boʻlmaslikka chaqiradi.
“Chunki, bu yerda koʻz yumilsa, biznes tomonidan keyingi nishon yana bir katta yashil maskanimiz boʻladi”, deydi u.
Vazir maslahatchisining taʼkidlashicha, aniqlangan holatlar boʻyicha aybdorlarga tegishli jazo koʻrish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborish choralari koʻrilmoqda.
“Ayni vaqtda prokuratura organlarining bu masalada xolis va qonuniy koʻmagi kerak. Chunki Yakkasaroy tumani ekologiya xodimlari bosim ostida ushbu holat boʻyicha tezkor chora koʻrish uchun oʻrganish va hujjatlarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmagan. Shu bois, holat Ekologiya vazirligi nazoratida oʻrganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109642
Jamiyat
94029
Jamiyat
89792
Jamiyat
72956
Jamiyat
//
Izoh yo‘q