Jamiyat
Veolia Energy Toshkent shahar aholisiga ba'zi hududlardagi kranlardan zangli suv oqayotgani bo‘yicha tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, kompaniya aholining issiq suv rangi o‘zgargani bo‘yicha murojaatlarini o‘rganib, issiqlik tarmoqlari va turar joy binolarining issiqlik bo‘g'inlaridagi holatini tekshiruv olib bormoqda.
Kompaniyaga ko‘ra, isitish mavsumi boshlanishidan oldin issiqlik tarmoqlari tayyorgarlik rejimiga o‘tkaziladi, bunda suv asta-sekin quvurlar bo‘ylab aylanishni boshlaydi. Bu tizimni sinovdan o‘tkazish va tarmoqlarning teng darajada qizishini ta’minlash uchun zarur. Aynan shu davrda Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suvda jigarrang yoki zangga o‘xshash tus kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, issiqlik tizimi ishlamaydigan oraliq mavsumlarda (bahor–yoz–kuz) poytaxt tarmoqlari yozgi rejimda faoliyat yuritishi ta'kidlanadi. Bu paytda issiq suv ikki asosiy quvurdan faqat bittasi orqali beriladi, ikkinchi liniyada esa rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bu ishlardan so‘ng ayrim quvur qismlari vaqtincha suvdan bo‘shatiladi, ta’mirdan keyin esa tizim tarmoq suvi bilan to‘ldirilib, quvurlardagi suvlar aylanma xarakati yo'lga quyiladi. Ishlamagan davr mobaynida, ayniqsa yuqori haroratda va suyuqlik harakati cheklanganida, suvning metall quvurlarida ichki devorlar bilan tabiiy o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Shu jarayonda devor yuzasida yupqa zang qatlami hosil bo‘lib, aylanish qayta yo‘lga qo‘yilgach, u qisman yuvilib, suvga jigarrang tus beradi.
Bu holat vaqtinchalik bo‘lib, tizim parametrlari barqarorlashganidan so‘ng qisqa muddat ichida yo‘qoladi.
Qayd etilishicha, tekshiruvlar jarayonida ayrim uy-joylarda issiq suv qaytish quvur orqali uzatilgani aniqlangan. Yozda bu quvur suv aylanishida qatnashmaydi. Bunday ulanish issiq suv haroratining pasayishiga, suvning quvurlarda turg‘un holatga kelishiga va metall quvurlar bilan aloqa natijasida rangi o‘zgarishiga (zang tusining paydo bo‘lishiga) olib keladi.
Aniqlangan holatlardan so‘ng issiqlik bo'ginlaridagi sxemalarni to‘g‘rilash va issiq suv tiniqlashguncha texnologik suv to‘kish ishlarini olib borilishi ta'kidlanadi.
Kompaniya shuningdek, yashash hududidagi suv rangi o‘zgargan fuqarolar kompaniyaning call-markaziga murojaat qilsh uchun quyidagi raqamlarni qayd etadi:
1347 yoki (71) 200 00 56 (ish kunlari)
Dam olish kunlari tegishli hududdagi “Veolia Energy Tashkent” tuman boshqarmalariga murojaat qilish mumkin:
Chilonzor tumani boshqarmasi — (71) 278-40-12, (71) 278-40-54, (78) 129-01-34
Mirzo Ulug‘bek tumani boshqarmasi — (71) 267-12-26, (71) 268-32-07, (78) 129-01-38, (78) 129-01-41
Mirabad tumani boshqarmasi — (71) 291-80-96, (71) 299-59-60, (78) 129-01-32
Olmazor tumani boshqarmasi — (78) 129-01-55
Sergeli (Yangi hayot) tumani boshqarmasi — (71) 258-09-95, (78) 129-01-53
Uchtepa tumani boshqarmasi — (71) 275-05-73, (78) 129-01-60
Shayxontohur tumani boshqarmasi — (71) 249-45-99, (78) 129-01-44
Yakkasaroy tumani boshqarmasi — (71) 255-71-81, (78) 129-01-49
Yashnobod (Bektemir) tumani boshqarmasi — (71) 296-35-02, (78) 129-01-58
Yunusobod tumani boshqarmasi — (71) 221-04-12, (71) 220-42-43, (78) 129-01-46
Kompaniya barcha murojaatlar qayd etilib, uy-joylar tekshirilishini, agar suv sifati tashqi tarmoqlar ta’siri bilan o‘zgargani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqilishini ta'kidlaydi. Qayta hisob-kitob uchun asos — iste’molchi va kompaniya vakili tomonidan birgalikda tuzilgan dalolatnoma, unda aniqlangan og‘ishlar va ularning davomiyligi qayd etiladi. Dalolatnoma imzolangach, u mahalliy boshqarmaga topshiriladi va shu asosda hisob-kitob qayta amalga oshiriladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109636
Jamiyat
94027
Jamiyat
89789
Jamiyat
72950
Jamiyat
//
Izoh yo‘q