Jamiyat
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklarining "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda munosib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Sayid Amin Abdulrahman O‘zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
"Dastlabki bosqichda korxonamizga 200 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana qo‘shimcha ravishda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilarini ishga jalb qilish mumkin", – dedi u.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi vakillari o‘rtasida ushbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib olindi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111643
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75142
Jamiyat
//
Izoh yo‘q