Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga joʻnab ketdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar oʻtkazadi. Koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston va YI oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, belgiyaliklar qiroli Filipp hamda Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlarining vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75696
Jamiyat
//
Izoh yo‘q