
Siyosat
O‘zbekistonda vazirlik va idoralarning barcha ma’lumotlari yagona data-markaziga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezident so‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha ancha ish qilingani qayd etdi. Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Startaplarga o‘zining dasturiy mahsulotini Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berildi.
“Lekin sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning o‘zi yetarli emas”, dedi davlat rahbari.
Vazirlik va idoralardagi ma’lumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha bo‘lgani uchun ham ishlar sust ketayotgani aytildi.
“Bir narsani bilinglar, ma’lumot yetarli bo‘lmasa, sun’iy intellekt kutilgan natijani bermaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, raqamli texnologiyalar vaziriga yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan Data Lake platformasi ham ishga tushiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q