Jamiyat
Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;
tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.
boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
Muassasa o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.
Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q