Ilm-fan
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.
“Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”, – deydi Prezident.
Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.
2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
109733
Jamiyat
94112
Jamiyat
89902
Jamiyat
73103
Jamiyat
//
Izoh yo‘q