Madaniyat
Ichki ishlar vazirligi 30-oktyabrdan 14-noyabrga qadar UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqandga kirish yo‘llari yopilishi haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘nalishlar yaratilgan bo‘lib, haydovchilarga aylanma yo‘l xaritalarini ko‘rish imkonini beruvchi QR-kodli flayerlar tarqatilgan.
Vazirlik shuningdek, O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini Samarqandga safarlarni imkon qadar keyinroqqa qoldirishni tavsiya qilgan:
“Mazkur kunlarda Samarqandga safar rejalashtirgan bo‘lsangiz, imkon bo‘lsa, tashrifni boshqa kunga qoldiring. Bu choralar xalqaro anjumanni xavfsiz o‘tkazish uchun zarur”.
Maʼlumot uchun, UNESCO konferensiyasi 1985-yildan buyon ilk bor Parijdan tashqarida, Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q