
Jamiyat
Soliq qo‘mitasi taqdim qilgan ma’lumotda tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 831.5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjudligi aytiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 173 391 ta tashkilotning 747 940 xodimida 882 939 soliq obyekti bo‘yicha 831.5 mlrd so‘m (yer solig‘i - 501.2 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 330,3 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi bor (2025-yil 15-oktyabr holatiga ko‘ra).
Shundan:
▫️150.8 mlrd so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️35.8 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️644.9 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida) quyidagicha:
▪️sanoat sohasidagi 20.8 mingta tashkilotda ishlovchi 130.1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140.7 mlrd so‘m;
▪️qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 50.9 mingta tashkilotda ishlovchi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138.6 mlrd so‘m;
▪️savdo sohasidagi 41.3 mingta tashkilotda ishlovchi 71.6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 mlrd so‘m;
▪️qurilish sohasidagi 10.1 mingta tashkilotda ishlovchi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90.3 mlrd so‘m;
▪️tashish va saqlash sohasidagi 5.4 mingta tashkilotda ishlovchi 33.2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30.6 mlrd so‘m;
▪️yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 9.2 mingta tashkilotda ishlovchi 16.5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28.5 mlrd so‘m;
▪️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 4.3 mingta tashkilotda ishlovchi 10.4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11.7 mlrd so‘m;
▪️axborot va aloqa sohasidagi 2.2 mingta tashkilotda ishlovchi 9.6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8.7 mlrd so‘m;
▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16.8 mingta tashkilotda ishlovchi 65.4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 79.8 mlrd so‘m.
Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi lozim bo‘lgan tashkilotlar – TOP-3:
▪️ “Temiryo‘llarinfratuzilma” AJ – 4 mlrd so‘m;
▪️ “Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati” AJ – 3.3 mlrd so‘m;
▪️ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 3.3 mlrd so‘m.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q