Luvr muzeyiga oʻgʻri tushdi. Jinoyat 7 daqiqa ichida sodir boʻldi

Saqlash
12:48 / 20.10.2025 87 0

19-oktyabr kuni tongda nomaʼlum shaxslar guruhi Luvrda oʻgʻrilikni sodir etdi. Jinoyatchilar 9 ta qimmatbaho zargarlik buyumlarini oʻgʻirlab, qochishga muvaffaq boʻlgan, deb yozadi Meduza nashri.

 

Oʻgʻrilar muzey derazasiga koʻtarilgan avtokran

 

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 9:30 atrofida, muzey ochilganidan koʻp oʻtmay sodir boʻlgan. Le Parisien nashriga koʻra, jinoyatchilarning toʻrt nafari muzeyga ikkita TMax skuterida Sena tomondan kelgan. Avtokran yordamida (u joyda hozir qurilish ishlari olib borilmoqda) muzey oynalaridan biriga koʻtarilgan oʻgʻrilar oynani sindirib, Appalon galereyasi — muzeyning fransuz monarxlari xazinalari joylashgan qismiga kirgan.

 

Appalon galereyasi

 

Jinoyatchilar fransuz imperatorlariga tegishli toʻqqizta buyum — zargarlik buyumlari toʻplami, idishlar (serviz), marjonlar, sirgʻalar, ikkita toj va toʻgʻnogʻich (brosh)ni oʻgʻirlagan. Hukumat hozircha oʻgʻirlangan narsalar roʻyxati va ularning qiymati haqida eʼlon qilmadi. Fransiya Madaniyat vaziri Rashida Dati oʻgʻirlangan buyumlarni faqat “bebaho” ekanini taʼkidladi.

 

Hodisa oqibatida hech kim zarar koʻrmagan.

 

“Biz video-yozuvni koʻrdik: ular hech kimga tashlanmadi, 4 daqiqa ichida xotirjam kirib, oynalarni sindirib, buyumlarni oldi va ketdi. Hech qanday zoʻravonliksiz, oʻta mukammal”, deydi Dati.

 

Oʻgʻrilikdan koʻp oʻtmay, Luvr yaqinida jinoyatchilar tomonidan oʻgʻirlangan imperatritsa Yevgeniya toji topiladi. Ushbu toj 1855-yilda Xalqaro koʻrgazma uchun tayyorlanib, u 1354 ta brilliant, 56 ta zumrad toshini oʻzida jamlagan. Rashida Dati qoʻshimcha maʼlumotlarga toʻxtalmay, faqat yodgorlik “buzilgani”ni aytadi. Vazirga koʻra, oʻgʻrilar qochayotgan vaqtida tojni tushirib qoʻygan boʻlishi mumkin.

 

Imperatritsa Yevgeniya toji

 

 

Le Parisien bir necha soat oʻtib yana bir oʻgʻirlangan buyum paydo topilganini maʼlum qilgan. U qanday buyumligi ochiqlanmagan, hukumat ikkinchi topilma haqidagi maʼlumotni tasdiqlamagan.

 

Muzeyning uzoq yillik ekskursiyachisining Le Parisien nashriga maʼlum qilishicha, Yevgeniya toji Appalon galereyasining oynasi yaqinidagi oynavandda turar edi. Marjon va tiara (tillaqosh) boʻlsa ikkinchi oynavandda joylashgan. Oynadan uchinchi boʻlib turgan oynavanddan dunyodagi eng mashhur va qimmat Regent olmosi joy olgan. Barchasidan kelib chiqib aytish mumkinki, oʻgʻrilar bu olmosgacha yetib borishga ulgurmagan.

 

Oʻgʻrilar sindirib kirgan oyna

 

Keyinchalik mamlakatning Ichki ishlar vaziri Loran Nunyes aytib berishicha, oʻgʻrilik 7 daqiqa davomida sodir etilgan. Le Parisien nashri qayd etishicha, politsiya voqea joyidan silliqlovchi uskuna, gaz gorelkasi, benzin, qoʻlqoplar, ratsiya va koʻrpa, shuningdek, oʻgʻrilar oʻzini ishchi sifatida ifodalash uchun foydalangan sariq nimchalarni aniqlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//