Jamiyat
17-oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli temiryo‘l vokzali, temiryo‘l stansiyasi va temiryo‘l razyezdi nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga moslashtirish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu hududlarda o‘rnatilgan peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlar 3 oy muddatda davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishi lozim. Mazkur jarayonni bajarish majburiyati Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu o‘zgartirishlar munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazalariga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida faqat ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.






.jpg)





Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q