Vazir jasorat ko‘rsatgan talabani taqdirladi

Saqlash
14:52 / 19.10.2025 213 0

Xabaringiz bor, “Yangi hayot” tumanida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov qo‘shni xonadonlardan birida qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qoldi.

 

Qutqarish jarayonida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan yigitning bu jasorati tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va olqishlandi.

 

Xabarda aytilishicha, u 5-qavatdan hech qanday himoya vositalarisiz 4-qavatga tushgan.

 

O‘zining so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni xonadonda bir emas, 3 nafar bo‘la bo‘lgan.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, kecha - 18-oktyabr kuni Muhriddin Ilashov Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlangan.

 

Vazir talabaning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirgan.

 

Shuningdek, Qo‘ng‘irotboy Sharipov yosh qahramonning bu ishi nafaqat o‘zi ta’lim olayotgan institut, balki barcha yoshlar uchun ibrat bo‘lishini ta’kidlab, yoshlarda insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligini qayd etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//