Jamiyat
Qohira universitetida o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar talabiga ko‘ra, diplomat tashabbusi bilan ingliz tilidagi “Uzbek Language. Complete Self-Study Guide in 22 Lessons” nomli ilmiy-amaliy qo‘llanma tayyorlandi va elchixona tomonidan nashr etildi.
Darslik O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xodimi Otabek Alimov tomonidan tayyorlangan.
Xabarga ko‘ra, qo‘llanma Amazon platformasida elektron va rangli bosma ko‘rinishida, shuningdek, Google Books va Google Play’da ilova shaklida ham taqdim etilgan.
Qo‘llanmaning rus tilidagi tarjimasi – “Узбекский язик: Полний курс за 22 урока” esa “Litres” va “OZON” kabi yirik onlayn kitob do‘konlarida sotuvga chiqarilgan.
Endilikda kitobni arab va boshqa tillarga ham tarjima qilish rejalashtirilmoqda.
“Mazkur loyiha o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uning o‘qitilish geografiyasini kengaytirishga xizmat qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111643
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75142
Jamiyat
//
Izoh yo‘q