
Iqtisod
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi 17-oktyabrda yana tarixiy rekordni yangiladi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltin quymasining narxi 1 million 760 ming so‘mni tashkil etdi. 5 grammli oltin quymasi birinchi marta 8,8 million so‘mdan oshdi.
Quymalar narxi quyidagicha belgilandi:
5 gramm — 8 mln 801 ming so‘m;
10 gramm — 17 mln 601 ming so‘m;
20 gramm — 35 mln 203 ming so‘m;
50 gramm — 88 mln 007 ming so‘m;
100 gramm — 176 mln 013 ming so‘m.
Yil boshidan beri oltin quymalari 44 marotaba rekord narxni yangiladi. So‘nggi 12 oy ichida ularning qiymati 55 foizga ko‘tarildi.
Xalqaro bozorlarda ham oltin narxi o‘sishda davom etmoqda. 17-oktyabr kuni jahon kotirovkalarida oltinning bir unsiyasi 4 380 dollargacha ko‘tarildi. Tahlilchilar narxlar o‘sishda davom etishi va 5 ming dollargacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda. Xitoy va Rossiya o‘z valyuta zaxiralarini dollardan oltinga o‘tkazib, Amerika valyutasiga qaramlikni kamaytirishga intilmoqda. Bu jarayon 2025-yil boshidan beri oltin narxining 50 foizdan ortiq oshishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biriga aylandi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q