
Siyosat
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari tadbirda nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qildi.
Ta’kidlanishicha, imkoniyat va sharoit yaratib berilgani tufayli bugungi kunda 6 millionga yaqin aholi o‘zini o‘zi band qilib, ro‘zg‘or tebratmoqda.
Masalan, hozirgi vaqtda odamlar dasturchi, veb-dizayner, hunarmand, taksi haydovchisi, kuryer kabi o‘nlab kasblarda platformali bandlik asosida ishlamoqda. Ko‘plab fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar masofadan turib mehnat qilishni o‘rgandi. Mahallalarni “drayver” sohalarga ixtisoslashtirish hisobidan 1,5 million oila o‘z xonadonida ishlab, daromad olmoqda.
Bugun ushbu yo‘nalishlar iqtisodiy taraqqiyotimizning bir qismiga, ularda faoliyat yuritayotgan odamlar esa mehnat munosabatlarining teng huquqli subyektiga aylanmoqda.
Endi kasaba uyushmalari ham mahallalar bilan yaqindan ishlaydigan samarali tizimni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.
Bandlik vazirligiga kasaba uyushmalari bilan birgalikda platformalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini ta’minlash, ularning hayoti, xavfsizligini sug‘urtalash bo‘yicha asoslangan takliflarni Hukumatga kiritish topshirildi.
So‘nggi besh yilda ular tomonidan korxona va tashkilotlarda 152 mingta qonun buzilishi aniqlangan. Aslida, bunday holatlar ancha ko‘pligi, sudlar tomonidan uch yilda 48 mingdan ziyod mehnat nizolari ko‘rib chiqilgani qayd etildi.
Kasaba uyushmalari yarashtiruvchi, murosaga keltiruvchi bo‘g‘in sifatida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilishda faollik ko‘rsatishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi ma’lumotlarning yaxlit tizimi yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, baxtsiz hodisalar hisobi va ularning sababini o‘rganish o‘ttiz yil oldin qabul qilingan hukumat qaroridagi eskirgan normalar asosida qog‘ozda yuritilmoqda.
Mas’ul vazirlarga kasaba uyushmalari bilan birga baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi ma’lumotlarni olishning yagona tizimini ishga tushirish hamda bunday hodisalar hisobotini yuritish, sabablarini tahlil qilish va unga yechim topish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q