Dam olish kunlari havo harorati pasaya boshlaydi

Saqlash
12:03 / 17.10.2025 120 0

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 18-oktyabr, shanba kuni shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

 

Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18-oktyabrda 21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani; 19-oktyabrda 28-23 darajani, shimolda 13-18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

 

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18-oktyabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

 

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shanba kuni 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//