Poytaxtda avtobus uchun alohida yo‘laklar bo‘ladigan yana 10 ta ko‘cha nomi e’lon qilindi

Saqlash
11:55 / 17.10.2025 138 0

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha yangilangan rejalarini taqdim etdi.

 

Hokimning birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida umumiy uzunligi qariyb 51 km bo‘lgan 10 ta yo‘nalishda BRT (Bus Rapid Transit) tizimi yaratilishini ma’lum qildi (eski taqdimotda 57,5 km edi).

 

Oldingi taqdimotda ko‘rsatilgan Kichik halqa avomobil yo‘li va Parkent ko‘chalari o‘rniga Alisher Navoiy va Beruniy ko‘chalari qo‘shilgan (bu ko‘chalar bu tizim birinchi bo‘lib joriy etilgan Shota Rustaveli ko‘chasining davomi hisoblanadi).

 

Davlat rahbariga taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, 2030-yilgacha quyidagi ko‘chalarda BRT tizimi quriladi:

 

  • Shota Rustaveli (5,1 km),

  • Shahrisabz (3,2 km),

  • Amir Temur (5,7 km),

  • Yangi Sergeli (5,3 km),

  • Maxtumquli (1,3 km),

  • Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzrabot (10,4 km),

  • Lutfiy va Muqimiy (5,9 km),

  • Nurafshon (3,7 km),

  • Qoratosh – Ko‘kcha Darvoza (4 km),

  • Alisher Navoiy – Beruniy (6 km).

 

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 126 mln dollar (eski taqdimotda 110 mln dollar edi) sarflash ko‘zda tutilmoqda.

 

Avtobuslarning o‘rtacha tezligi 18 km/soatdan 23 km/soatgacha oshishi, intervallar esa 20 dan 8–10 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//