
Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumi uchun yangi tartibni joriy etdi.
Unga ko‘ra, 2026-yilgi Haj safariga boruvchi har bir ziyoratchiga “Nusuk” platformasi orqali olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda haj vizasi rasmiylashtiriladi. Mazkur tartib haj ziyoratchilarining xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan.
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli idoralarga ziyoratchilarni sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda haj safariga borishga jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni aniqlash majburiyatini yukladi.
Haj – 2026 mavsumida quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilarga haj safarini amalga oshirishga ruxsat berilmaydi:
– dializ talab qiluvchi buyrak yetishmovchiligi;
– minimal jismoniy yuklamada ham namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligi;
– doimiy yoki davriy tarzda kisloroddan foydalanishni talab etuvchi surunkali o‘pka kasalliklari;
– jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi og‘ir jigar sirrozi;
– og‘ir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
– keksalik demensiyasi;
– homiladorlikning so‘nggi uch oyligi hamda yuqori xavfga ega homiladorlik holatlari;
– faol yuqumli kasalliklar (jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va boshqalar);
– kimyoterapiya yoki immunitetni susaytiruvchi muolajalardan o‘tayotgan faol onkologik kasalliklar.
Shuningdek, Haj vazirligi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan yoki soxta ma’lumot taqdim etgan holatlar aniqlansa, belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi ziyoratchilarni ushbu talablarga to‘liq amal qilishga chaqirdi hamda ushbu talablar haj ishtirokchilarining hayotini va salomatligini saqlashga qaratilganini ma’lum qildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q