
Jamiyat
Avtomaktab bitiruvchilari uchun yagona namunadagi elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, “Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Hukumat qarori (642-son, 15.10.2025-y.) qabul qilingan.
Qarorda keltirilishicha, oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻquv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan taʼlimni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnomalar oʻquv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning maʼlumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtotaʻlim. uz” moduli orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga “e-avtotaʻlim. uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Ushbu guvohnomalar uchun yigʻim undirilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q