Madaniyat
Oʻzbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston musiqa terapiya assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Tashabbus Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbekiston milliy musiqa sanʻati instituti (OʻzMMSI) tomonidan ilgari surilgan boʻlib, bu institut rektori v.b. Eldor Shermanov hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi Kamoliddin Ishanxoʻjayev oʻrtasidagi uchrashuv chogʻida muhokama qilingan edi.
Muloqotda musiqa terapiyasi yoʻnalishining ijtimoiy-madaniy ahamiyati, uni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari hamda nodavlat sektor bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqilgan.
OʻzMMSIda “Oʻzbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbir doirasida “Oʻzbekiston musiqa terapiya assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi tashkil etilishi eʻlon qilindi.
Seminarda assotsiatsiyaning ustavi, boshqaruv tizimi va nazorat-taftish komissiyalari tasdiqlandi. Tashkilot musiqa terapiyasi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni birlashtirish, ularning kasbiy rivojini qoʻllab-quvvatlash hamda sohaga oid ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q