Siyosat
14-oktabr kuni Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” poligonida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon mudofaa vazirliklari boʻlinmalari ishtirokida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar boshlandi.
Mintaqaviy qoʻshma mashgʻulotlar “Birlik-2025” deb nomlanadi. Ularning asosiy maqsadlari jahon miqyosida tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy taranglik va inqirozlar, shuningdek, yangi tahdid va chaqiriqlar yuzaga kelgan sharoitda harbiy hamkorlik va sheriklikni mustahkamlashdan iborat, deya xabar berdi Gazeta.uz.
Mashgʻulotlar artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va boshqa qurollardan foydalangan holda jangovar tayyorgarlik missiyalarini oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111644
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75142
Jamiyat
//
Izoh yo‘q