Jamiyat
2025-yil aprel oyidan boshlab O‘zbekistonga har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turist kelmoqda. Bu mamlakat tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025-yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109889
Jamiyat
94217
Jamiyat
90051
Jamiyat
73259
Jamiyat
//
Izoh yo‘q