
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari va javoblari respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatilgani haqida video paydo bo‘ldi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi buni tasdiqladi.
Agentlik qayd etishicha, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilmoqda.
“Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarning zimmasidagi vazifaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta’minlamagani oqibatida materiallar tarqaldi”, — deya qayd etgan agentlik.
Agentlik bu holatga sababchi shaxslar aniqlanishi va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi Shuningdek, matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9−10−11-sinf) qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Agentlik olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa, jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, Fan olimpiadalari markazning maxsus boti yoki +998 71 207 05 24 telefon orqali xabar berishni so‘radi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q