Qamchiq dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi

Saqlash
10:48 / 15.10.2025 35 0

Namangan viloyatidan o‘tgan Qamchiq dovonida turizm maskani barpo etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, vodiyni poytaxt bilan bog‘laydigan dovonning Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi va uni Avstriyaning Doppelmayr/Garaventa guruhi amalga oshiradi.

 

13-oktyabr kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr/Garaventa guruhi vakillari – Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qilib, loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obyektlarini muhokama qilgan. Xabarda qayd etilishicha, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri — Aisha group kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov moliyalashtirmoqda.

 

Doppelmayr/Garaventa guruhi — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar bo‘yicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15 mingdan ortiq kanat yo‘llarini loyihalashtirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//