O‘qish maqsadida chet elga ketayotgan talabalar soni kamaymoqda

Saqlash
10:32 / 15.10.2025 41 0

Joriy yilda ta’lim olish uchun xorijga ketayotgan talabalar soni kamaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida jami 20,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 ming nafarga (24,6%) kamaygan.

 

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish uchun eng ko‘p borayotgan davlatlar quyidagicha:

 

Tojikiston – 5 270 nafar

Rossiya – 4 649 nafar

Qirg‘iziston – 3 064 nafar

Koreya – 2 309 nafar

Turkiya – 1 538 nafar

Qozog‘iston – 874 nafar

Xitoy – 797 nafar

Buyuk Britaniya – 567 nafar

Germaniya – 285 nafar

AQSH – 256 nafar

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//