Shoira va xalqaro toifadagi sport hakami Xonzodabegim Jamolova nomidagi stipendiya joriy qilindi

Saqlash
09:51 / 15.10.2025 165 0

Endi “Yangi Davr” xususiy maktabi o‘quvchilari uchun Xonzodabegim Jamolova nomidagi stipendiya beriladi. Marhuma Xonzodabegim Jamolova sportdagi faoliyati davomida bir qator yutuqlarga erishgan. Karate bo‘yicha II dan qora belbog‘ sohibasi, Jit Kun Do bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi. Xalqaro toifadagi hakam hamda xalqaro sport loyihalari tarjimoni bo‘lgan.

 

U sportdan tashqari ijod bilan ham faol shug‘ullangan. Uning “Baxt tongi” nomli she’riy to‘plami O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan.

 

Xonzodabegim Jamolova O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Respublika Lider qizlar festivali”ni tashkil qilgan. Uning tashabbusi bilan 2019-yilda O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro sport sammiti (International Sport Summit Tashkent-2019) o‘tkazilgan.

 

Xonzodabegim rus, ingliz, arab, turk va koreys tillarida so‘zlasha olgan.

 

Ma’lumot uchun: Xonzodabegim 2021-yil 22 yoshida vafot etgan. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//