Jahon
Chernogoriya hukumati Oʻzbekiston, Armaniston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi maʼlum qilgan.
Ushbu chora Yevropa ittifoqiga qoʻshilish boʻyicha 2027-yilgacha boʻlgan islohatlar dasturi doirasida qabul qilingan.
“Oʻzgartirishlar yuqorida qayd etilgan mamlakatlar fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejim boʻyicha avvalgi qarorlarni toʻxtatib qoʻyadi. Bu bilan Chernogoriya Yevropa ittifoqiga kirish boʻyicha qatʼiyligi boʻyicha dalolat beradi”, deyiladi hukumat bayonotida.
Chernogoriya shu bilan birga, Nauru aholisi uchun 90 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi.
Mamlakat YIga kirish boʻyicha 2008-yil dekabr oyi oʻrtalarida ariza bergan. Ikki yil oʻtgach Bryussel unga nomzod davlat maqomini bergan. 2012-yilda esa YI va Podgoritsa (Chernogoriya poytaxti) mamlakatning YIga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralarni boshlagan.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74511
Jamiyat
//
Izoh yo‘q