Jamiyat
Endi butun respublikada “tozalik va ozodalik oyligi” eʼlon qilinadi. Bu haqda Prezident oʻtkazayotgan videoyigʻilishda qayd etildi.
Unga koʻra, mahallaning ozodaligi shu yerda yashayotgan aholi, “mahalla yettiligi”, hokimning “yuzi” boʻlsa-da, ayrim mahallalar, koʻchalar, qurilishlar atrofi, ariqlar va xiyobonlarda ozodalik talablariga rioya etilmayapti.
Yigʻilishda har bir tuman va shahar hokimi koʻchasi, yoʻli, arigʻi, xiyobonini tartibga keltirib, doimo ozoda tutishi shart boʻladi. Obodonlashtirishga masʼul hokim oʻrinbosarlariga bugunoq 24 soat ishlaydigan brigadalar tashkil qilib, koʻcha, xonadon, koʻp qavatli uy, ijtimoiy obyektlar atrofini tozalash topshirildi.
“Toza hudud” korxonalariga qarashli maxsus texnikalar ham bunga toʻliq safarbar qilinadi.
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga chiqindi tashlaganlik uchun jarima qoʻllash vakolati berilgani qayd etilib, ularga joylarga chiqib, shahar va tuman markazlarida kunlik nazorat oʻrnatish topshirildi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
112747
Jamiyat
95424
Jamiyat
92213
Jamiyat
76544
Jamiyat
//
Izoh yo‘q