Raqam: yil boshidan buyon 16 ming ota-ona aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelmoqda

Saqlash
15:38 / 14.10.2025 36 0

Mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan oʻtkazilayotgan Prezident boshchiligidagi videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi boʻyicha yechim topilishi kerak boʻlgan bir qator masalalarga toʻxtab oʻtdi.

 

Qayd etilishicha, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.

 

Oila qurish bu – nafaqat oʻzi, balki turmush oʻrtogʻi va farzandlari oldidagi katta masʼuliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar ogʻir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targʻib qilish lozimligi taʼkidlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//