
Siyosat
Bugun, 14-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda prezident mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Qayd etilishicha, oʻtgan hafta imzolangan qarorga muvofiq, Yangi Oʻzbekiston qiyofasi kirib boradigan 33 ta tuman va 330 ta ogʻir mahalla belgilab olingan. Bu tumanlarning har biriga 100 milliard soʻmdan, 330 ta mahallaning har biriga esa 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi. Jahon banki va Islom taraqqiyot bankidan jalb qilingan 100 million dollar ham mazkur maqsadlarga qaratiladi. Ushbu tuman va mahallalardagi “drayver” loyihalar infratuzilmasi uchun yana 2 trillion soʻm beriladi.
Umuman, bu dasturni moliyalashtirish uchun 7 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Viloyat hokimlarining oʻzi ham 2 tadan, tuman hokimlari esa 1 tadan ogʻir mahallani belgilab, ularga 5 milliard soʻmdan yoʻnaltirishi, yana 236 ta mahalla aholisi turmushida keskin oʻzgarish qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q