
Jahon
Turkiya prezidentining farmoniga koʻra, boshqa mamlakatlardan boʻlgan etnik turklarga Turkiya fuqarolari bilan teng ravishda kasb-hunar bilan shugʻullanish huquqi beriladi. Bu haqda TRT maʼlum qilgan.
Turkiyada xorijiy turklarning mehnat faoliyatini tartibga soluvchi farmon kuchga kirdi. Hujjat turkiylarning davlat (qurolli kuchlar va xavfsizlik xizmatidan boshqa) va xususiy tashkilotlarda erkin faoliyat yuritishi va hunarmandchilik bilan shugʻullanish huquqini taʼminlaydi.
Turkiy xorijliklar Turkiya qonunchiligida belgilangan kasbiy talablarga muvofiq ishlash ruxsatnomasini oladi. Ruxsatnoma berish boʻyicha qaror Ichki va Tashqi ishlar vazirliklarining fikri bilan Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Ruxsatnoma olgan xorijliklar Turkiya fuqarolari bilan teng ravishda Professional uyushmalarda roʻyxatdan oʻtishi talab qilinadi. Shundan keyin ular saylovlarda ishtirok etish va saylanishdan boshqa barcha uyushmaga aʼzolikning barcha huquqlaridan foydalanishi mumkin boʻladi.
Qonun shuningdek, bu shaxslarni mamlakatda yashash va ishlash uchun Turkiya fuqaroligini olish majburiyatidan ozod etadi. Bunda siyosiy huquqlar istisno qilinadi. Qonun ijrosi tegishli vazirliklarga yuklatilgan. Uni qoʻllash tartibi boʻlsa prezident farmoni bilan belgilanadi.
#yakdilmintaqa
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q