Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining taniqli namoyandasi, mamlakatning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam O‘rmonovich Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Rustam Ahmedov kecha, 12-oktyabr kuni 82 yoshida vafot etdi.
Ma’lumot uchun, Ahmedov 1943-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng dastlab Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtida, keyin Moskva shahridagi Zirhli tank qo‘shinlari harbiy akademiyasida ta’lim olgan.
R.Ahmedov O‘zbekiston Respublikasining mudofaa vaziri, ayni vaqtda birmuncha muddat Milliy gvardiya qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi sifatida faol ish olib borib, milliy armiyani shakllantirish, davlat mudofaa tizimini barpo etish, harbiy kadrlarni tayyorlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan.
U 1997–1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham samarali faoliyat olib borgan.
R.Ahmedovning harbiy sohadagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U O‘zbekiston Respublikasining II darajali “Shon-sharaf” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112127
Jamiyat
94813
Jamiyat
90862
Jamiyat
75657
Jamiyat
//
Izoh yo‘q