Jamiyat
“Yerusti halqa yo‘li” metro yo‘nalishi 1-noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, metro tizimida xavfsizlikni ta’minlash va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yer usti estakadalari hamda bekatlar ma’lum muddat foydalanilgandan so‘ng profilaktik tekshiruv va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi zarur.
Olib borilgan rejali profilaktika ishlari doirasida keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan bir qator kamchiliklar bartaraf etilgan. Jumladan, yo‘l holatlari to‘g‘rilangan, nosoz shpallar almashtirilgan, drenaj tizimi holati o‘rganilgan, shag‘allar tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Avvalroq ushbu yo‘nalishda qatnovlar taxminan 18-oktyabrdan qayta yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq sinov jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda kelgusida poyezdlar harakatini oldingiga nisbatan ikki barobar tezlashtirish, shuningdek, oraliq vaqt intervallarini maksimal darajada qisqartirish maqsadida joriy yilning noyabr oyi boshida yo‘nalish qayta ishga tushirilishi kutilmoqda. Hozirgi paytda ushbu yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) harakatlanmoqda.
Xabarda sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlanib, barcha texnik talablar to‘liq tasdiqlangach, yo‘nalish yo‘lovchilar uchun o‘z faoliyatini qayta boshlashi aytiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
109697
Jamiyat
94083
Jamiyat
89862
Jamiyat
73026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q