
Jamiyat
Instagram kontent sohasida madaniy tendensiyalarni o‘zgartirayotgan va chegaralarni yo‘q qilayotgan mualliflarga beriladigan yangi mukofotni e’lon qildi. Dastlabki 25 nafar sovrindor o‘z mukofotlarini kelasi haftadayoq qo‘lga kiritadi.
Mukofot hakamlar hay’ati tarkibiga Instagram rahbari Adam Mosseri, rejissyor Spayk Li, dizayner Mark Jeykobz, mashhur yutuber Markes Braunli, aktrisa Yara Shahidi, vizajist Pet Makgrat va boshqalar kirgan.
G‘oliblarga pul mukofoti emas, balki ramziy mukofot — britaniyalik dizayner Greys Uels Bonner tomonidan yaratilgan oltin uzuk beriladi. Bundan tashqari, ularning Instagram profillari raqamli oltin uzuk bilan belgilanadi va ularga o‘z postlarida paydo bo‘ladigan “Like” tugmachasining o‘z talqinlarida yaratish imkoniyati beriladi.
“Biz bu g‘oyani qanday amalga oshirish haqida o‘ylaganimizda, g‘oliblarni Instagram ruhida taqdirlashni istadik. Biz bilamizki, profil — bu ijodkorlar kimligini va nima bilan shug‘ullanayotganini ko‘rsatadigan muhim maydondir. Shuning uchun g‘oliblar hikoya joylaganida, ularning profil surati atrofida odatdagi hikoya halqasi o‘rniga eksklyuziv oltin halqa paydo bo‘ladi”, deyiladi kompaniya bayonotida.
U butun ilovada — ularning profilida ham, tasmasining “Stories” bo‘limida ham ko‘rsatiladi. G‘oliblar, shuningdek, o‘z profilining fon rangini sozlashi hamda “Like” tugmasining o‘z uslubi va ijodiy g‘oyasiga mos variantini yaratishlari mumkin bo‘ladi. Bularning barchasi ularni kelgusi yilda yangi ilhom va g‘oyalar sari undashga qaratilgan.
Kompaniyaning o‘zi uni ijodkorlar uchun “Oskar” mukofotiga qiyoslaydi, ammo taqdirlash marosimi rejalashtirilmagan.
Instagram’ning rasmiy blogida shunday izoh berilgan: “Bu mukofot — tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan, o‘z yo‘lidan boradigan insonlar haqidadir. Ular ijod orqali odamlarni birlashtiradi va e’tirofga loyiqdir.”
Ilk nomzodlarning nomi 16-oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q