Ijro hokimiyatining 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi

Saqlash
08:59 / 08.10.2025 87 0

Prezidentning ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamlashtirishni kengaytirish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirishga qaratilgan farmoni qabul qilindi.

 

Ushbu farmonga asosan ijro hokimiyatining 2141 ta shtat birligi, jumladan, byudjet tashkilotlaridan 1863 ta, byudjetdan tashqari jamg‘armadan esa 278 ta lavozim shtat jadvalidan chiqariladi.

 

Eng ko‘p qisqartirishlar 498 ta o‘rin bilan Soliq qo‘mitasi, 224 ta shtat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi, 200 ta ish o‘rni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va 163 ta bilan Bandlik vazirligi hisobiga to‘g‘ri keladi.

 

Shu bilan birga qo‘mitalardan 4 ta, agentliklardan 6 ta hamda inspeksiyalardan 6 ta, jami 16 ta rahbar o‘rinbosarlari shtati tugatiladi.

 

Bunda vazirlik, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ularning hududiy hamda tuman (shahar) bo‘linmalarining jami boshqaruv xodimlari cheklangan soni 46 989 ta etib belgilanadi.

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kasaba uyushmalari bilan birga shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

 

Avvalroq Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga doir prezident farmoni ishlab chiqilgandi. Hujjatda ushbu tuzilmalarda hokim o‘rinbosarlari sonini 4 nafar etib belgilash taklif qilingan. Hozirda har bir hokimning 6 nafardan o‘rinbosari bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//