
Siyosat
Kecha, 6-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonning Gabala shahriga bordi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida Prezident turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surgan.
Jumladan:
- mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari boʻyicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qoʻshma uchrashuvini oʻtkazishni taklif etdi;
- Strategik sheriklik, abadiy doʻstlik va qardoshlik toʻgʻrisidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qoʻllab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;
- Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik boʻyicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;
- Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, “Turkiy yashil yoʻlaklar” tizimi va “Yashil transformatsiya” konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;
- Organik qishloq xoʻjaligi boʻyicha Ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib chiqishni taklif qildi;
- Oʻrta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston temir yoʻli hamda Transafgʻon yoʻlagi loyihalari bilan bogʻlashni qoʻllab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni optimallashtirish muhimligini taʼkidladi;
- Turkiy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilishni tavsiya etdi;
- Sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot boʻyicha “yoʻl xaritasi"ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro koʻrgazmasini Oʻzbekistonda oʻtkazish gʻoyasini ilgari surdi;
- Oʻzbekistonda qoʻshma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini eʼlon qildi;
- Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish boʻyicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;
- 2026-yilda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida” mavzusida xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbuslari taklif etilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q