Jamiyat
6-oktyabr kuni Toshkent metrosining G‘afur G‘ulom bekatida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Unga ko‘ra, poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodim Maxamadjonova Naimaga xizmat davomida bekat o’tish yo‘lagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan yo’lovchi ayolning holati bo’yicha xabar berilgan. Naima Maxamadjonova vaziyatni to‘g‘ri baholab, birinchi yordam ko‘rsatadi.
Ayolning farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga ko‘maklashib, chaqaloq sogʻligi uchun kerakli yordamlarni koʻrsatgan: kindik qismini bogʻlab, chaqaloqning nafas olish refleksini faollashtirgan xodim bu bilim-ko‘nikmalarini xizmat faoliyati davomida o‘zlashtirgani qayd etiladi.
Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar metro xodimlari tomonidan ona va bola holati nazoratga olingan.
Hozirda ona va bolaning sog‘ligi yaxshi, ular shifoxonaga yetkazilgani ta'kidlangan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q