Iqtisod
Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z hududida geologiya qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishga litsenziya berdi, deb xabar berdi Gazeta.uz.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov bu haqda “Yangi O‘zbekiston yo‘li — dunyo e’tirof etgan haqiqat“ hujjatli filmida ma’lum qilgan.
“Bu birinchi bosqich bo‘ladi, albatta, bu natijasiga qarab, yana-da buni kengaytirish, yangi maydonlarda birgalikda ishlash rejalashtirilgan. O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun samara keltiradigan loyiha sifatida amalga oshirish ko‘zda tutilgan“, degan vazir.
Ma’lumot uchun, sentyabr oyida O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari Tuti-Maydon gaz konini o‘zlashtirish ishlarini boshlagan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111434
Jamiyat
94601
Jamiyat
90565
Jamiyat
74929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q